Normativ hujjatlar tekshiruvi natijalari bo‘yicha xulosalar Standartlashtirish tayanch tashkilotiga yo‘llandi. Ekspert komissiyasi tomonidan ikkita normativ hujjatlar loyihalari ma’qullandi.
Joriy yilning 30 aprelida “O‘zbekiston pochtasi” AJning normativ hujjatlar b‘oyicha Ekspert komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda normativ hujjatlarning keyingi qo‘llanishi bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruv natijalari, shuningdek, Jamiyat mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan normativ hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqildi.