Increase size
Reset to Default
Decrease size
06.11.2014 y.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan yangi nominal qiymatlarni belgilash uchun 1992 yilda chop etilgan pochta markalariga ustama bosildi: “Nodira”(1-katalog raqamli, nominali 0-50), “Kapalak”(2-katalog raqamli, nominali 1-00), “Xiva. Madrasa”(4-katalog raqamli, nominali 0-50), “Samarqand”(5-katalog raqamli, nominali 10-00), “Amaliy san’at. Mis idish”(6-katalog raqamli, nominali 0-50) va O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo‘mitasi tomonidan 2014 yil 3 noyabrdan muomalaga kiritildi.

Ustama bosish usuli offset, ustama bosilgan matnning rangi qora.

Identifikatsiya raqamlari berilgan.

       
№ 1094   № 1095   № 1096

 

    
№ 1097   № 1098

 

1094. «Nodira». Nominali – 300 so‘m. Adadi 87 824 nusxa.
1095. «Kapalak». Nominali – 500 so‘m. Adadi 22 527 nusxa.
1096. «Xiva. Madrasa». Nominali – 300 so‘m. Adadi 8 116 nusxa.
1097. «Samarqand». Nominali – 1900 so‘m. Adadi 3 078 nusxa.
1098. «Amaliy san’at. Mis idish». Nominali – 300 so‘m. Adadi 21 416 nusxa.