Kun tartibi:
1. “O‘zbekiston pochtasi” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
2. 2013 yil 5 iyuldagi Jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida aksiyaning nominal qiymatini oshirish yo‘li bilan Jamiyat ustav fondini oshirish to‘g‘risidagi avval qabul qilingan qarorni ko‘rib chiqish to‘g‘risida.
3. Jamiyatning yangi aksiyasini chiqarish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlash.
4. Jamiyatning aksiyalar emissiyasi risolasini tasdiqlash.
Jamiyat aksiyadorlarining reestri:
aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida aksiyadorlarga xabar berish reestri 2014 yil 22 oktabr holatiga;
aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati 2014 yil 28 oktabr holatiga shakllantiriladi.
Aksiyadorlar kerakli ma’lumotlar bilan “O‘zbekiston pochtasi” AJ boshqaruvining Toshkent shahar Oloy ko‘chasi 1-uy manzilida tanishishlari mumkin.
Aksiyadorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish 2014 yil 1 noyabr soat 09:00 dan 10:00 gacha amalga oshiriladi.
Aksiyadorlar o‘zlari bilan pasport, ishonchli vakil qatnashsa notarial tasdiqlangan ishonchnoma bo‘lishi shart.
Murojaat uchun telefonlar: 233-57-47; 232-00-33.
“O‘zbekiston pochtasi” AJ Kuzatuv kengashi