Increase size
Reset to Default
Decrease size
05.09.2014 y.

Pochta aloqasi avtotransportidan unumli va samarali foydalanish, davriy matbuot nashrlari va pochta jo‘natmalarini belgilangan manzillarga tеzkorona еtkazib bеrish maqsadida, Jamiyat tarkibidagi filiallarda pochta jo‘natmalarini еtkazib bеrishni  tashkil etilishining amaldagi holati Jamiyatning to‘rtta filialida o‘rganib chiqildi.

O‘rganish natijasiga ko‘ra Andijon, Namangan, Sirdaryo va Surxondaryo filiallarida viloyat va tuman ichki pochta marshrutlari optimallashtirildi.

Jumladan, Sirdaryo filialida 3 ta viloyat ichki pochta marshrutlari markazlashtirildi.

Namangan filialining Kosonsoy, Toshbuloq va Chortoq pochta aloqasi tarmog‘ining  tuman ichki pochta marshrutlari optimallashtirildi.

Surxondaryo filialining viloyat ichki pochta marshruti va Angor pochta aloqasi tarmog‘ining tuman ichki pochta marshrutlari optimallashtirildi.

Andijon filialining Oltinko‘l pochta aloqasi tarmog‘ining  tuman ichki pochta marshrutlari optimallashtirildi.