Pochta markasi Koreya Respublikasining Incheon shahrida bo‘lib o‘tadigan XVII yozgi Osiyo o‘yinlariga bag‘ishlangan. Pochta markasida taekvondochilarning olishuv fragmenti tasvirlangan.
Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq.
Pochta markasining o‘lchami 42x30 mm. Adadi 10 ming nusxa.
Identifikatsiya raqami berilgan va nominali o‘rnatilgan.
1091
1091. “XVII yozgi Osiyo o‘yinlari. Incheon” (taekvondo). Nominali- 1200so‘m
Dizayner- Kaneves E.