“O‘zbekiston pochtasi” OAJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan 2013 yil 17 iyundan nominallari 110-00 so‘m va 1500-00 so‘m standart pochta markalari muomalaga chiqarildi.
![]() |
![]() |
|
№1068 |
№1069 |
Pochta markalari bir rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Pochta markalarining perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Markalarning o‘lchami 18,5x26mm, 26x18,5mm. Yusupaliyev U. – rasmi. Rangi – yashil.
Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan.
1068. “A. Temur” haykali Nominali – 110 so‘m. Adadi 500 000 nusxa.
1069. “Al-Xorazmiy” haykali Nominali – 1500 so‘m. Adadi 1 000 000 nusxa.