“O‘zbekiston pochtasi” OAJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo‘mitasi tomonidan 2014 yil 31 yanvarida “Regionlar. Qoraqalpoq Respublikasi” nomli pochta markalari turkumi muomalaga kiritildi.
Pochta markalarida Respublikaning tarixiy obidalari va sanoati tasvirlangan. Kuponda Qoraqalpoq Respublikasining geografik xaritasi hamda tashkil topgan yili, maydoni, aholi soni va viloyat markazi ko‘rsatilgan.
Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarining o‘lchami 42x30 mm. Adadi 10 ming nusxa.
Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan.
![]() |
||
№1078 №1079 |
||
1078. Yonboshqal’a | Nominali - 1500 so‘m. | |
1079. Gaz qazib chiqarish stansiyasi | Nominali - 2000 so‘m. | |
Dizayner - Yusupaliyev U. |