Turkum 2 ta pochta markasidan va 1 ta pochta blokidan iborat. Pochta markalarida O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan va O‘zbekiston hududida o‘sadigan noyob o‘simliklar tasvirlangan. Pochta blokida 1 ta pochta markasi joylashgan. Pochta blokining pastki qismida o‘zbek tilida lotin grafikasida “O‘ZBEKISTON FLORASI” yozuvi joylashgan. Gullarning nomlari lotin tilida berilgan. Pochta markalari va pochta bloki bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 37x37 mm. Pochta blokining o‘lchami 100x90 mm. Pochta blokidagi pochta markalarning o‘lchami 37x37 mm. Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.
|
|
|
№ 1081 |
|
№ 1082 |
1081. «Delphinium knorringianum B.Fedtsch.» (Knorring isfaragi) Nominali – 1300 so‘m
1082. «Corydalis severzowii Regel» (Seversov burmaqorasi) Nominali – 1500 so‘m
Pochta markalarning adadi 10 ming nusxadan.

1083. «Juno magnifica (Vved.) Vved.» (Antiqa yuno) Nominali – 3200 so‘m
Pochta blokining adadi 7 ming nusxa.
Rassom – Gabzalilov Yu.
Dizayner – Kaneves Ye.