Increase size
Reset to Default
Decrease size
04.06.2014 y.

“O‘zbekiston pochtasi” OAJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo‘mitasi tomonidan 2014 yil 30 maydan “Fauna. O‘zbekistonning noyob hayvonlari” turkumi muomalaga kiritildi.

Turkum 2 ta pochta markasidan va 1 ta pochta blokidan iborat. Pochta markalarida O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan va O‘zbekiston hududida yashaydigan noyob hayvonlar tasvirlangan.
 
Pochta blokida 1 ta pochta markasi joylashgan. Pochta blokining pastki qismida o‘zbek tilida lotin grafikasida “O‘ZBEKISTON FAUNASI” yozuvi joylashgan. Hayvonlarning nomlari lotin tilida berilgan.
 
Pochta markalari va pochta bloki bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 37x37 mm. Pochta blokining o‘lchami 100x90 mm. Pochta blokidagi pochta markalarning o‘lchami 37x37 mm.
 
Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.
 
                      
№ 1085   № 1086
 
1085. «Chlamydotis undulata» (Yo‘rga tuvaloq).  Nominali - 1000 so‘m 
1086. «Tetrax tetrax» (Bizgaldoq).Nominali – 1300 so‘m 

Pochta markalarning adadi 10 ming nusxadan.

                                                                                           №1087

1087. «Saiga tatarica» (Saygoq). Nominali – 3200 so‘m.

Pochta blokining adadi 7 ming nusxa.

Rassom – Gabzalilov Yu.
Dizayner – Kaneves Ye.