Increase size
Reset to Default
Decrease size
03.05.2023 y.

"Asia Trans Gas" MCHJ QK 2008-yilda "O'zbekiston-Xitoy"gaz quvurini qurish va ishlatish subyekti sifatida tashkil etilgan. U gaz quvurining uchta ipini qurish va ishlatish, shuningdek magistral gaz quvurini boshqarish uchun javobgardir.

2023-yilda "Asia Trans Gas" MCHJ qo'shma korxonasi o'zining 15 yilligini nishonlamoqda. Shu munosabat bilan kompaniya rahbariyati ushbu tadbir uchun pochta markalarini chiqarish taklifi bilan chiqdi.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan 2023-yil 1-maydan "Asia Trans Gas" MCHJ QKning 15 yilligi" pochta markalari turkumi muomalaga kiritildi.

Turkum 15 ta pochta markalaridan iborat bo'lib, ular zanjir, kvartblok, blok va yakka turdagi markalar shaklida chiqarilgan. Pochta markalarida gaz magistralini qurish va ishlatish ishlari, jamoat va madaniyat faoliyati, mukofotlar va yutuqlar, korxona tarixi va istiqbollari tasvirlangan.

Pochta markalar bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarшning o‘lchami 42x30mm, 52x37mm, 37x37mm. Adadi 2 ming nusxa. Dizayner – Zakirov X.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan

 

№1571                                                                                  №1572
№1573                                                                                    №1574
№1575 №1576
№1577 №1578
     
№1579                                                                 №1580
                                        №1581                               №1582                №1583
     
                           №1584                                                                   №1585
     

Qurilish
маrka №1571 – nominal 13900 so‘m
маrka №1572 – nominal 12700 so‘m
маrka №1573 – nominal 12700 so‘m
маrkа №1574 – nominal 13900 so‘m

Ekspluatatsiya
маrka №1575 – nominal 12700 so‘m
маrkа №1576 – nominal 13900 so‘m
маrkа №1577 – nominal 13900 so‘m
маrkа №1578 – nominal 12700 so‘m

Jamoat va madaniyat faoliyati
маrkа №1579 – nominal 13900 so‘m
маrkа №1580 – nominal 12700 so‘m

Mukofotlar
маrkа №1581 – nominal 12700 so‘m
маrkа №1582 – nominal 12700 so‘m
маrkа №1583 – nominal 13900 so‘m

Tarix va istiqbol
маrkа №1584 – nominal 13900 so‘m
маrkа №1585 – nominal 13900 so‘m