Standart pochta markalarida Samarqand va Buxoro shahrining tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylari tasvirlangan.
“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan nominallari 1200 va 5000 so‘mlik bo‘lgan standart pochta markalari 2023-yil 25-yanvardan muomalaga kiritildi.
![]() |
![]() |
1568 | 1569 |
Pochta markalari bir rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Pochta markalarining perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Markalarning o‘lchamlari 26x18,5mm. Rasmlar muallifi va dizayneri - Mulla-Axunov D. Pochta markalarning ranglari – qizil, ko‘k.
Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan.
1568. Chor-Minor madrasasi (Buxoro). Nominali – 1200 so‘m. Adadi 500 000 nusxa.
1569. Hazrati Xizr masjidi (Samarqand). Nominali – 5000 so‘m. Adadi 1 000 000 nusxa.