Increase size
Reset to Default
Decrease size
17.10.2022 y.

Ochiq muloqotda “O‘zbekiston pochtasi” АJning Pochta xavfsizligi bo‘yicha direktori F.Axmedov, jamiyat mas’ul xodimlari, Surxondaryo filiali rahbariyati va tuman pochta aloqasi bog’lamalarining rahbarlari, Shodlik va Majnuntol mahallalarida yashovchi fuqarolar hamda Termiz shahridagi muassasalar vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida so‘z olgan “O‘zbekiston pochtasi” АJning Pochta xavfsizligi bo‘yicha direktori F.Axmedov pochta aloqasi xizmatlarini zamon talablaridan kelib chiqib takomillashtirish bugunning eng ustuvor masalalardan biri ekanligiga alohida urg‘u berib o‘tgan.

Shundan so‘ng Jamiyat vakillari va Surxondaryo filiali direktori Q.Xamroyev pochta aloqasi xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha 2022-yil o‘tgan davri mobaynida Surxondaryo filiali va tuman bog’lamalarida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar bo‘yicha yig‘ilish ishtirokchilariga ma’lumot berishgan.

Sayyor yig‘ilishda Termiz shahar fuqarolari va jamoatchilik vakillari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita mas’ul rahbarlarga murojaat qilib, ular yuzasidan javob olishdi.

Murojaatlar asosan pochta aloqasi ob’ektlarida yo‘lga qo‘yilgan yangi xizmat turlaridan foydalanish imkoniyatlari, soliq va boshqa turdagi to‘lovlarni pochta bo‘limlari orqali to‘lashda jamiyat tomonidan ishga tushirilgan to‘lov tizimlarida kuzatilayaotgan kamchiliklar bilan bog’liq bo‘ldi. O‘rtaga tashlangan ayrim muammolar shu kunning o‘zida ishchi guruh tomonidan joyiga chiqib, ijobiy hal etib berilgan, o‘rganish talab qilinadigan murojaatlar nazoratga olingan, filialning mas’ul rahbarlariga esa tegishli ko‘rsatmalar berilgan.