O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi diplomatik aloqalar o‘rnatilganligining 30 yilligini nishonlash doirasida, Xitoy Shimoli-G‘arbiy universiteti “O‘zbekiston pochtasi” АJ bilan hamkorlikda Buyuk ipak yo‘li arxeologik tadqiqotlariga bag‘ishlangan maxsus yubiley markalar turkumi chiqarildi.
“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2022 yil 7 oktabrdan “Buyuk ipak yo‘li arxeologik tadqiqotlari” nomli pochta markalari muomalaga kiritildi. Turkum 7 ta pochta markalaridan iborat.
Pochta markalarida Xitoy va O‘zbekiston qo‘shma arxeologik olib borilgan ishlari natijasida Sharqiy va G‘arbiy Tangritog‘ bag‘rilarida qazishmalar orqali topilgan madaniy yodgorliklar tasvirlangan.
Pochta markalari turkumi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 37x37mm, pochta blokining o‘lchami 90x80mm, pochta blokidagi markaning o‘lchami 52x37mm. Markalarning adadi 12 ming nusxadan. Dizayner Mulla-Axunov D. Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
1559 | 1560 | 1561 | 1562 |
1559. Bronza to‘qadagi Grifon tasviri (er.old.Ⅴ-Ⅱ asrlar) Nominali – 5100 so‘m
1560. Yo‘lbars tasvirli tilla buyum, Qo‘chqor boshi tasvirlangan tilla buyum (er.old.Ⅴ-Ⅱ asrlar) Nominali – 5100 so‘m
1561. Fayansdan ishlangan sfinks ko‘rinishidagi taqinchoq (er. old. II-I asrlar) Nominali – 7600 so‘m
1562. Tilladan ishlangan yurakchalar to‘plamidan iborat bosh taqinchog‘i (er. old. II-I asrlar) Nominali – 7600 so‘m
1563. An Sya qabristonidagi gorel’ef (VI asr) Nominali – 10000 so‘m 1564. An Sya qabristonidagi gorel’ef (VI asr) Nominali – 10000 so‘m
1565. Afrosiyob yodgorligidagi freska (VII asr) Nominali – 10000 so‘m