O‘zbekiston faunasi tarkibining boyligi birinchi navbatda respublikaning geografik joylashuviga bog‘liqdir. Tabiiy, iqlim sharoiti, relefining xilma-xilligi ham o‘z navbatida hayvonot dunyosining xilma-xilligiga taʼsir ko‘rsatadi. O‘zbekistonning har bir o‘ziga xos mintaqasi o‘ziga xos, ko‘pincha noyob fauna vakillariga ega. Masalan, ko‘lmaklarda, ko‘llarda va nam joylarda amfibiyalar - qurbaqa ko‘li, yashil qurbaqa va ularning boshqa turlari ham uchraydi.
“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2022 yil 7 sentabrdan “O‘zbekiston faunasi” turkumiga oid qurbaqalarga bag‘ishlangan pochta markalari muomalaga kiritildi.
Turkum 4 ta pochta markasidan iborat. Pochta markalarida O‘zbekiston hududida uchraydigan qurbaqalar turlari tasvirlangan. Amfibiyalarning nomlari lotin tilida berilgan.
Pochta markalar bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 52x37mm. Adadi 8 ming nusxa. Rasmlar muallifi – Kim A., dizayner – Zakirov X.
Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
|||
1550 | 1551 | 1552 | 1553 |
1550. Bufotes viridis (Yashil qurbaqa) Nominali – 7600 so‘m
1551. Bufotes turanensis (Turon qurbaqasi) Nominali – 7600 so‘m
1552.Bufotes pewzowi (Pevsov qurbaqasi) Nominali – 10000 so‘m
1553. Pelophylax ridibundus (Ko‘l baqasi) Nominali – 12700 so‘m