Sharqda o'zbek oshxonasi o'ziga xos xususiyatlaridan - yorqinligi, shirinligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. O'zbek oshxonasini dunyoda barchalar sevib ist’emol qilishi bejiz emas.
“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2022 yil 7 sentabrdan “O‘zbekiston milliy oshxonasi” turkumiga bag‘ishlangan pochta markalarni muomalaga kiritildi.
Turkum 2 ta pochta markasidan iborat. Pochta markalarida O‘zbek milliy taomlaridan no‘xat sho‘rak va xasip tasvirlangan.
Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 30x42mm. Pochta markalarning adadi 8 ming nusxadan. Rasmlar muallifi va dizayner – Zakirov X.
Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.
![]() |
![]() |
|
1548 | 1549 |
1548. “No‘xat sho‘rak”. Nominali – 5100 so‘m
1549. “Xasip”. Nominali – 7600 so‘m