Filial tizimidagi Yakkabog’ PAB O‘rta aloqa bo‘limida elektr hisoblagich ishlamayotganligi yuzasidan mavjud muammoni o‘rganish uchun Yakkabog’ pochta aloqasi bog‘lamasi boshlig‘i va bog‘lamaning tegishli mutaxassislari ishtirokida joyga borib o‘rganilganda, bo‘limdagi elektr hisoblagich 2022-yilning 20-iyul kunidan ishlamay qolganligi ma’lum bo‘lib, mazkur muammoni bartaraf etish yuzasidan tuman elektr tarmoqlari korxonasiga og‘zaki ravishda murojaat qilinganda, Yakkabog’ tuman elektr tarmoqlari korxonasi yuridik shaxslarga yangi tipdagi elektr hisoblagichlarni elektr tarmoqlari korxonasi hisobidan ajratilmasligini ma’lum qilib, yangi tipdagi zamonaviy elektr hisoblagichlar yuridik tashkilotlar tomonidan sotib olinishi kerakligi ma’lum qilindi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, filial tomonidan yangi tipdagi zamonaviy elektr hisoblagich xarid qilindi va O‘rta aloqa bo‘limiga o‘rnatilib, tuman elektr tarmoqlari korxonasidan ro‘yxatdan o‘tkazildi hamda mavjud muammo to‘liq bartaraf etilganligini ma’lum qilamiz.
Filial tizimidagi Yakkabog’ PAB O‘rta aloqa bo‘limida elektr hisoblagich ishlamayotganligi yuzasidan mavjud muammo o‘rganib chiqildi