Increase size
Reset to Default
Decrease size
01.07.2022 y.

Jamiyatning madaniy hayotida, xalqning tarixiy xotirasini tiklashda va mustahkamlashda muzeylarning ahamiyati kattadir. Mustaqillik yillarida mavjud muzeylarni rekonstruksiya qilish, ularning ekspozitsiyasini yangilash, yangi muzeylar tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Temuriylar tarixi davlat muzeyi Oʻzbekiston poytaxti – Toshkent shahrining markazida joylashgan. U 1996 yilda ish boshlagan boʻlib, moʻgʻul sarkardasi Amir Temur (yoki Tamerlan) va uning hukmronligi davridagi butun Oʻrta Osiyo hududining, shuningdek, uning butun sulolasining rivojlanish tarixiga bagʻishlangan.

Temuriylar tarixi muzeyida 5 mingga yaqin eksponat mavjud bo‘lib, ularning barchasi Amir Temur va temuriylar sulolasi davriga oid. Ularning 2 mingga yaqini muzeyning ko'rgazma zallarida namoyish etilgan. Muzeyda Amir Temurning nasl-nasabi, uning hokimiyatga kelishi, harbiy yurishlari, diplomatik va savdo aloqalari, shahar ravnaqi, ta’lim va ilm-fan rivojidagi muhim bosqichlar aks ettirilgan. Shuningdek, temuriylar sulolasi vakillariga oid eksponatlar: qurollar, xaritalar, tangalar, miniatyuralar, qoʻlyozmalar, kulolchilik va zargarlik buyumlari bor.

Temuriylar muzeyi Oʻzbekistonning “Davlat noyob ilmiy obʼyektlari” roʻyxatiga kiritilgan. Muzeyga har yili o'rtacha 2 million kishi tashrif buyuradi, shu jumladan davlatning turli xorijiy xodimlari ham.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2022 yil 29 iyundan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga bag‘ishlangan pochta markalari muomalaga kiritildi.

Turkum 2 ta pochta markasi va 1 ta pochta blokidan iborat. Pochta markalarida Amir Temur davridagi eksponatlar tasvirlangan. Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset uulida chop etilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markasining o‘lchami 42x30mm, pochta blokining o'lchami 80x90 mm. Adadi 5 ming nusxa. Pochta bloki dizayneri Yusupaliev U., pochta markasi dizayneri Mulla-Axunov D. Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan.

              
1537 1538 1539

 

1537. Usmon Qur‘oni (faksimile) Sankt-Peterburg. 1905 yil Nominali – 7600 so‘m

1538. Оt egari yog‘ochdan ishlangan. XV-XVII аsrlar Nominali – 12700 so‘m

1539. Теmuriylar tarixi davlat muzeyi Nominali – 13900 so‘m