Increase size
Reset to Default
Decrease size
02.06.2022 y.

HURMATLI AKTSIYАDOR!

“O‘zbekiston pochtasi” aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi 2022 yil 28 iyun kuni soat 11:00 da masofadan turib elektron ovoz berish tizimi www.evote.uz orqali o‘tkaziladi.

Aktsiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 10:00 dan 10:55 gacha amalga oshiriladi. Umumiy yig‘ilish o‘tkazish uchun jamiyat aktsiyadorlari reestri 2022 yil 22 iyun holatiga tuziladi.

Jamiyatning elektron pochta manzili: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. .

Yig‘ilish kun tartibi:

1. “O‘zbekiston pochtasi” AJ aktsiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.

2. “O‘zbekiston pochtasi” AJ sanoq komissiyasi a’zolari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.

3. “O‘zbekiston pochtasi” AJ Kuzatuv kengashiining 2021 yil yakunlari bo‘yicha hisoboti to‘g‘risida.

4. “O‘zbekiston pochtasi” AJ faoliyatining 2021 yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobotni tasdiqlash to‘g‘risida.

5. “O‘zbekiston pochtasi” AJ faoliyatining 2021 yil yakunlari bo‘yicha Taftish komissiyasining hisobotini tasdiqlash to‘g‘risida.

6. “O‘zbekiston pochtasi” AJ korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalari hamda Jamiyat tomonidan korporotiv boshqaruv qoidalariga rioya qilinishi monitoringi natijalarini ko‘rib chiqish.

7. “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan 2021 yil yakunlari bo‘yicha ko‘rilgan sof foydani taqsimlash to‘g ‘risida.

8. “O‘zbekiston pochtasi” AJ Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash to‘g‘risida.

9. “O‘zbekiston pochtasi” AJ Bosh direktorini saylash (tayinlash) to‘g‘risida.

10. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq majburiy tashqi auditni o‘tkazish maqsadida 2022 yil uchun auditorlik kompaniyasini tanlash va uning xizmatiga to‘lanadigan haq miqdorini belgilash to‘g‘risida.

11. “O‘zbekiston pochtasi” AJ aktsiyadorlarining navbatdagi yillik Umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda affillangan shaxslar bilan joriy xo‘jalik faoliyati jarayonida tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlarni dastlabki tarzda ma’qullash to‘g‘risida.

12. “O‘zbekiston pochtasi” AJning Ustavini yangi tahrirda tasdiqlash to‘g‘risida.

13. “O‘zbekiston pochtasi” AJning “Aktsiyadorlar Umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida”, “Kuzatuv kengashi to‘g‘risida”, “Ijroiya organi to‘g‘risida”gi Nizomlarini yangi tahrirda tasdiqlash to‘g‘risida.

14. “O‘zbekiston pochtasi” AJ taftish komissiyasini tugatish to‘g‘risida.

15. “O‘zbekiston pochtasi” AJ tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida.

Aktsiyadorlar umumiy yig‘ilishida qatnashish va ovoz berish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat, aktsiyadorlar vakillarida esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo‘lishi lozim.

Aktsiyadorlar umumiy yig‘ilishda qatnashish va kun tartibidagi masalalar bo‘yicha masofadan turib ovoz berish uchun id.gov.uz da belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Elektron ovoz berish www.evote.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Aktsiyadorlar umumiy yig‘ilishi bo‘yicha ma’lumot va hujjatlar bilan “O‘zbekiston pochtasi” AJ bosh ofisida ushbu e’lon berilgan kundan boshlab yig‘ilish o‘tkaziladigan kunga qadar soat 10:00 dan 17:00 gacha yoki www.evote.uz veb-sayti orqali tanishish mumkin.

Ma’lumot uchun telefon: +998 71 232-00-33

Jamiyat Kuzatuv kengashi