Версия для печати
23.05.2022 y.

5-nashrdagi standart pochta markalarida O‘zbekistonning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylari tasvirlangan.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2022 yil 20 maydan nominallari 200, 300, 400, 500 va 1900 so‘mlik bo‘lgan standart pochta markalari muomalaga kiritildi.

Pochta markalari bir rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Pochta markalarining perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Markalarning o‘lchamlari 26x18,5mm. Rasmlar muallifi va dizayneri - Mulla-Axunov D. Pochta markalarning ranglari – qizil, ko‘k, yashil.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan.

           1532            1533            1534            1535            1536

 

1532. Hazrati Xizr masjidi (Samarqand) Nominali – 200 so‘m. Adadi 500 000 nusxa.

1533. Shayx Muhammad Sodiq

Muhammad Yusuf masjidi (Toshkent) Nominali – 300 so‘m. Adadi 500 000 nusxa.

1534. Shohizinda majmuasi (Samarqand) Nominali – 400 so‘m. Adadi 500 000 nusxa.

1535. Chor-Minor madrasasi (Buxoro) Nominali – 500 so‘m. Adadi 500 000 nusxa.

1536. Sherdor madrasasi (Samarqand) Nominali – 1900 so‘m. Adadi 1 000 000 nusxa.