Increase size
Reset to Default
Decrease size
12.05.2022 y.

5-nashrdagi standart pochta markalarida O‘zbekistonning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylari tasvirlangan.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2022 yil 7 maydan nominali 3800 so‘mlik bo‘lgan standart pochta markasi muomalaga kiritildi.

1531. Islom ota masjidi (Toshkent) Nominali – 3800 so‘m.

Pochta markasida O‘zbekistondagi eng qadimiy masjidlardan biri “Islom ota” masjidi tasvirlangan. Uning 300 yillik tarixi bor. Ilgari u Jurabek deb atalgan bo‘lsa, endilikda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov sharafiga o‘zgartirilgan.

Pochta markasi bir rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Pochta markasining perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Markaning o‘lchami 26x18,5mm. Rasm muallifi va dizayneri Mulla-Axunov D. Pochta markasining rangi – ko‘k. Identifikatsiya raqami berilgan. Adadi 1 000 000 nusxa.