Increase size
Reset to Default
Decrease size
06.03.2022 y.

Markaziy Osiyo madaniyati jahon madaniyati tarixida muhim o‘rin tutadi. Uning o‘rta asrlardagi madaniyatiga butun dunyo allaqachon munosib baho bergan. Hatto Baqtriya, Marg‘iyona, Sug‘d, Parfiya, Farg‘ona, Xorazm, Choch xalqlarining qadimgi madaniyati ham jahonni hayratga solgan.

Markaziy Osiyo mintaqasining qadimgi madaniyatini o‘rganish o‘n yilliklar ilgari boshlangan bo‘lsada, tadqiqotchilarning bu madaniyatining o‘ziga xosligi va boy mazmuni lol qoldirmoqda.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan O‘zbekiston madaniyati tarixi turkumiga oid eng qadimiy davlatlar davri (Baqtriya, Xorazm va Sug‘d) madaniyatiga bag‘ishlangan pochta markalari 2022-yil 4 martdan muomalaga kiritildi.

Turkum 3ta markadan iborat bo‘lib, kichik varaq ko‘rinishida chop etilgan. Pochta markalarida qadimiy davlatlar Baqtriya, Sug‘d va Xorazm madaniyatidan dalolat beruvchi buymlar tasvirlangan.

Pochta markalari va kupon bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 37x37mm. Kichik varaqning o‘chami 185x75mm. Adadi 8000 nusxa. Dizayner – Mulla-Axunov D.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan

1522. “Sug‘diy yozuv bitilgan idish. V asr. Sug‘d” Nominali-6000 so‘m

1523. “Uzuk. V-VI asrlar. Qoratepa shaharchasi. Surxondaryo viloyati” Nominali-6000 so‘m

1524. “Tanga. VIII asr o‘rtalari. Hukmdor Savshafan. Xorazm” Nominali-7300 so‘m