Increase size
Reset to Default
Decrease size
07.03.2022 y.

Xalq hunarmandchiligi va an’analari – mamlakatimizga o‘ziga xos noyoblikni beradi va turli mamlakatlardan sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi. O‘zbekiston - badiiy kulolchilik ixlosmandlari uchun jannat makoni hisoblanadi. Xalqimizning amaliy san’atidagi o'ziga xos xususiyatidan biri bu suvenirlar, ya’ni – loydan yasalgan odamchalardir.

Loydan yasalgan odamchalar (suvenirlar) yorqin milliy liboslarda bo‘lib, bir biriga xech o‘xshamaydi. Bu kulib turgan haykalchalarda o‘zbek xalqining yorqin ranglar va bezaklarga bo‘lgan mehrini his qilish mumkin.

Loydan yasalgan odamchalarni darrov taniy olasiz, ular har doim qandaydir kompozitsiyada - non, choynak, payola, tarvuz yoki mevalar bilan, musiqa asboblari bilan tayyorlanadi, ularning yuzlarida doimo sharqona tabassum aks etib turadi.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan “O‘zbekistonning amaliy san’ati” turkumiga oid miniatyura haykalchalariga bag‘ishlangan pochta markalari chop etilib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2022-yil 4-martdan muomalaga kiritildi.

Turkum 4ta markadan iborat bo‘lib, zanjir ko‘rinishida chop etilgan. Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 37x37mm. Zanjirning o‘chami 148x37mm. Adadi 8000 nusxa. Dizayner – Kaneves Ye.

Identifikatsiya raqami berilgan va nominal o‘rnatilgan

1525. Miniatyura haykalchalar Nominali – 4200 so‘m

1526. Miniatyura haykalchalar Nominali – 4200 so‘m

1527. Miniatyura haykalchalar Nominali – 6000 so‘m

1528. Miniatyura haykalchalar Nominali – 6000 so‘m