Increase size
Reset to Default
Decrease size
11.11.2021 y.

HURMATLI AKSIYADOR!

 

“O‘zbekiston pochtasi” aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi 2021 yil 03 dekabrь kuni soat 11:00 da masofadan turib elektron ovoz berish tizimi www.evote.uz orqali o‘tkaziladi.

Aktsiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 09:00 dan 11:00 gacha amalga oshiriladi. Umumiy yig‘ilish o‘tkazish uchun jamiyat aktsiyadorlari reyestri 2021 yil 29 noyabr holatiga tuziladi.

Jamiyatning elektron pochta manzili: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. .

 

Yig'ilish kun tartibi:

 

1. “O‘zbekiston pochtasi” AJ aktsiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.

2. “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan 2020 yil yakunlari bo‘yicha ko‘rilgan sof foydani taqsimlash, Jamiyat aktsiyalariga dividend to‘lash to‘g‘risida.

3. Jamiyat ijroiya organi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 sentyabrdagi PQ-5244-son “Ipoteka-bank” aktsiyadorlik tijorat ipoteka bankini xususiylashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Ipoteka-bank” ATIB ustav kapitalidagi aktsiyalarni Moliya vazirligiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkazish to‘g‘risida.

4. “O‘zbekiston pochtasi” AJning boshqaruv apparati tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida.

Aktsiyadorlar umumiy yig‘ilishida qatnashish va ovoz berish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat, aktsiyadorlar vakillarida esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo‘lishi lozim.

Aktsiyadorlar umumiy yig‘ilishda qatnashish va kun tartibidagi masalalar bo‘yicha masofadan turib ovoz berish uchun id.gov.uz da belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Elektron ovoz berish www.evote.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Aktsiyadorlar umumiy yig‘ilishi bo‘yicha ma‘lumot va hujjatlar bilan “O‘zbekiston pochtasi” AJ bosh ofisida ushbu e‘lon berilgan kundan boshlab yig‘ilish o‘tkaziladigan kunga qadar soat 10:00 dan 17:00 gacha yoki www.evote.uz veb-sayti orqali tanishish mumkin.

Ma‘lumot uchun telefon: +998 71 232-00-33

Jamiyat Kuzatuv kengashi