Increase size
Reset to Default
Decrease size
02.11.2021 y.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2021 yil 26 oktyabrdan “O‘zbekiston faunasi” turkumiga oid “Mushuklar” nomli pochta markalari muomalaga kiritildi.

Turkum kichik varaq ko‘rinishida chop etilgan. Pochta markalarida uy hayvonlaridan biri hisoblanmish - mushuklar tasvirlangan. Mushuklarning ko‘p zotlari mavjud, uzun junlidan junsizgacha. Ular mushuklar oilasining yirtqich sut emizuvchilarining eng kichik vakili va odam o‘ziga o‘rgatib olingan birinchi hayvonlardan biri hisoblanadi.

Kichkina varaqda 2 ta marka 4 donadan shaxmat tartibida joylashgan. Kichik varaqning yuqori qismida o‘zbek tilida lotin grafikasida “O‘ZBEKISTON FAUNASI. MUSHUKLAR” yozuvi bor. Mushuklarning nomi o‘zbek tilida berilgan.

Pochta markalar va kichik varaq bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 37x37 mm. Kichik varaqning o‘lchami 169x100 mm. Kichik varaqning adadi 8 ming nusxa. Rasmlar muallifi – Kim A., dizayner – Mulla-Axunov D.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.

          
№ 1504   № 1505

1504. Bengal mushuk. Nominali – 5900 so‘m

1505. Fors mushuk. Nominali – 7600 so‘m