Increase size
Reset to Default
Decrease size
09.10.2021 y.

1874-yil 9-oktabr kuni Shvetsariya poytaxti Bern shahrida Butunjahon pochta ittifoqi tashkil topgan bo‘lib har yili ushbu sanada Butunjahon pochta kuni nishonlanadi. Rasman 9-oktabrni Butunjahon pochta kuni deb e’lon qilinishi 1969-yili Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon pochta ittifoqining navbatdagi Kongressida qaror qabul qilingan.

Butunjahon pochta kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro kunlari ro‘yxatiga kiritilgan.

Butunjahon pochta kuni har yili bir mavzuga bag‘ishlanadi. Bu yilgi mavzuning nomi – “Innovatsiya qayta tiklanishning harakatlantiruvchi kuchi”.

BPI Bosh direktori Bishar A.Hussayn o‘zining bayram murojaatida ta’kidlaganidek, “innovatsiya yordamchi vosita emas, balki bu qayta tiklanish hamda pochta sektorini milliardlab odamlar uchun muhim omilga aylantiradigan harakatlantiruvchi kuchdir”.

Butunjahon pochta kunining asosiy maqsadlaridan biri pochta sohasi tomonidan davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qo‘shayotgan hissasini tadbiq etishdir. BPIga a’zo davlatlar turli tadbirlar dasturlarini qabul qilib ommaviy axborot vositalari orqali o‘z aholisini milliy pochta xizmati faoliyati bilan tanishtirishga harakat qiladilar.

Ayrim davlatlarda bu kun dam olish kuni deb e’lon qilinadi. Ko‘plab pochta ma’muriyatlari fursatdan foydalanib yangi pochta maxsulotlari va xizmatlarini joriy etadilar va shu kuni faol pochta xodimlarini mukofotlash marosimlarini o‘tkazadilar.

"Oʻzbekiston pochtasi" aksiyadorlik jamiyati pochta tizimida faoliyat yuritib kelayotgan barcha xodimlarning kasb bayrami bilan muborakbod etadi!