Endilikda Qozog’istondan O’zbekistonga kelgan pochta jo’natmalarining pochta almashinuv jarayoni to’g’ridan-tog’ri “O`zbekiston pochtasi” АJ tarkibidagi “Xalqaro pochtamt” filiali hududida amalga oshiriladi.
2021-yil 21-sentabr kuni Olmaota shahridan yo’lga chiqgan "Kazpost" AJ pochta mashinasi chegarani kesib o'tib Toshkentdagi “Xalqaro pochtamt” ga yetib keldi va shu yerda pochta almashinuvi amalga oshirildi.
Shu kunga qadar Qozog'istondan O'zbekistonga kirib kelgan pochta almashinuvi ochiq havoda Qozog'iston va O'zbekiston chegarasidagi neytral hududda amalga oshirilar edi. Zarur shart -sharoitlar yetarli emasligi tufayli bu jarayon uzoq davom etar edi.
Yer usti pochta yo'nalishining uzaytirilishi pochta almashinuvini sezilarli darajada osonlashtiradi, shuningdek, elektron tijorat sohasida yangi xizmatlar ko'rsatish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi.