Версия для печати
17.09.2021 y.

O'zbekiston davlat mukofotlari - O'zbekiston fuqarolarini rag'batlantirishning eng yuqori shakli hisoblanadi. Davlat mukofotlariga O'zbekiston Respublikasining unvonlari, orden va medallari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig'i kiradi.

Davlat mukofotlari Prezident tomonidan taqdirlanadi.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2021 yil 15 sentyabrdan boshlab "O'zbekiston davlat mukofotlari. Medallar" pochta markalari turkumi muomalaga kiritildi.

Turkum birlashtiruvchi oraliq kuponli 4 ta pochta markasidan iborat bo‘lib, zanjir ko‘rinishida chop etilgan. Pochta markalarida davlat mukofotlari: "Sodiq xizmatlari uchun", "Jasorat", "Kelajak bunyodkori" va "Shuhrat" medallari tasvirlangan. Zanjir o‘rtasida kupon joylashgan bo‘lib, O‘zbekiston bayrog‘i fonida “Ezgulik” arkasi tasvirlangan hamda “Davlat mukofotlari. Medallar” yozuvi joy olgan.

Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchamlari 30x42mm. Zanjirning o‘lchami 150x42mm. Pochta markalarning adadi 8 ming nusxadan. Dizayner – Kaneves Ye.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan

 

1446. "Sodiq xizmatlari uchun". Nominali – 3800 so‘m.

1447. "Jasorat". Nominali – 5900 so‘m.

1448. "Shuhrat". Nominali – 7600 so‘m.

1449. "Kelajak bunyodkori". Nominali – 10000 so‘m.