Aziz yurtdoshlar! Muhtaram do’stlar!
“O'zbekiston pochtasi” AJ ma’muriyati sizni xalqimizning eng ulug’, eng aziz bayrami – O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yillik ayyomi bilan samimiy muborakbod etadi!
O’zbekiston Respublikasi 1991- yil 1-sentabr kuni o’z mustaqilligiga erishdi. Bu yil Vatanimiz o’z mustaqilligining 30 yoshini nishonlaydi. Mustaqillikga erishganimzdan so’ng xalqimiz maʼnaviy uygʻonishi uchun toʻla imkoniyat yaratildi, azaliy urf-odat, an’analar tiklandi, oʻzbek xalqi tarixida tamoman yangi davr boshlandi. Ushbu tarixiy sana har yili yurtimizda eng ulug’, eng aziz bayram sifatida keng nishonlandi.
“O'zbekiston pochtasi” AJ ma’muriyati pochta sohasida samarali faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarni, Oʼzbekiston davlat mustaqilligining o'ttiz yillik bayrami bilan yana bir bor chin dildan tabriklaydi.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy boʼlsin!