O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 14-dekabrdagi “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash maqsadida yurtimiz mustaqilligining 30 yilligi bayrami arafasida “Oʼzbekiston pochtasi” АJ tarkibiga kiruvchi bir nechta filiallarda aloqa bo’limlari binolari taʼmirlanib foydalanishga topshirildi.
2021-yil 28-avgust kuni “Oʼzbekiston pochtasi”АJ Jizzax filiali Paxtakor tumanlararo pochta aloqa bogʼlamasiga qarashli “Zafarobod” aloqa boʼlimi qayta ta’mir qilinib foydalanishga topshirildi. Аloqa boʼlimi ochilish marosimida Zafarobod tuman hokimi oʼrinbosari Yaxshiboy Toʼychiev, Oʼzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi boshligʼi Gʼulom Qurbonov, “Oʼzbekiston pochtasi” Aksiyadorlik jamiyati Jizzax filiali direktori Sardor Nosirov hamda tuman faolllari ishtirok etdilar.
Shuningdek, “Oʼzbekiston pochtasi” АJ Xorazm filiali Urganch pochta aloqa bogʼlamasiga qarashli 10-aloqa boʼlimining yangi binosi 2021-yil 31-avgust kuni xususiy sherikchilik asosida yangidan qurib bitkazildi va tantanali ravishda ochilib bugundan yangi binoda ish boshladi.
“Oʼzbekiston pochtasi”АJ Namangan filialiga qarashli Iskavot aloqa boʼlimining ham ochilish marosimi joriy yilning 30-avgust kuni tantanali ravishda boʼlib oʼtdi.
Ochilish marosimida Namangan viloyat hokimi oʼrinbosari Gʼulomjon Murotxoʼjaev, Yangiqoʼrgʼon tuman hokimi Asadullo Najmiddinov, Yangiqoʼrgʼon tuman hokimining oʼrinbosari Аsqarali Gʼanixoʼjaev, Mehnat faxriysi Xakimjon xoji Xamdamov (sobiq Iskavot aloqa boʼlimi boshligʼi), tadbirkor Xusniddin Murodillaevning oila aʼzolari hamda mahalla fuqarolar yigʼini faollari ishtirok etishdi. Hozir kunda Iskavot aloqa boʼlimida aholiga bir qator pochta xizmatlari koʼrsatilib kelinmoqda.
"Ўзбекистон почтаси" АЖ Қашқадарё филиали тизимидаги Шахрисабз ПАБга қарашли Синабоғ, Муминобод ва Шовкан алоқа бўлимлари yangidan qurib bitkazildi va tantanali ravishda ochilib bugundan yangi binolarda ish boshlandi.
Аloqa boʼlimlarida asosiy pochta xizmatlari xat xabarlar, mayda paketlar, posilkalar qabul qilish, topshirish va aholiga qulaylik yaratish maqsadida elektron pul oʼtkazmalarini qabul qilish va toʼlash, davlat xizmatlarini 30 dan ortiq turi, bank xizmatlarini koʼrsatish tashkil etilgan. Bundan tashqari aholiga yanada qulayliklar yaratish va koʼrsatilayotgan xizmatlarning sifati va tezkorligini oshirish maqsadida mijozlardan nafaqat kommunal toʼlovlar, balki barcha turdagi byudjet toʼlovlarini xam qabul qilish avtomatlashtirilgan tizimlari ishlatiladi.