Increase size
Reset to Default
Decrease size
02.06.2021 y.

Joriy yilning 31 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar bo‘yicha “O‘zbekiston pochtasi” aktsiyadorlik jamiyatining rasmiy munosabati.

Bugungi kunda Samarqand shahri aholisi uchun hududga oid xabarlar tarqatishga xizmat qilguvchi ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrining asosiy pochta aloqa bo‘limi faoliyatidagi kamchiliklar haqida so‘z yuritilgan audio xabarlar tarqatilgan edi.

Аudio yozuvda ayol kishi tomonidan pochta boʼlimi faoliyatidagi kamchiliklar, xizmat raqamlariga javob berilmaslik, pochta boshqaruvchisi aliment to‘lovchilarining har bir kvitantsiyasidan pul ushlab qolinayotganligi hamda aliment pullarining vaqtida olmayotganligidan norozi bo‘lgan so‘zlari aks etgan.

Mazkur holat boʼyicha “O‘zbekiston pochtasi” АJ Samarqand filiali rahbarlari ishtirokida o‘rganishlar olib borildi. O‘rganishlar jarayonida quyidagilar maʼlum bo‘ldi:

- Haqiqatdan ham Samarqand shahar, “Terakzor” MFY hududida yashovchi fuqaro hududga xizmat qiluvchi 58-sonli aloqa bo‘limidan voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment mablag‘larini olib kelayotganligi aniqlandi. Pochta bo‘limi xodimlari tomon aliment mablag‘larini berish vaqtida turli sabablar bilan pul mablag‘lari bosib qolinganligi oydinlashdi.

- Murojaatni o‘rganishga masʼul bo‘lgan ishchi guruhi aʼzolari ijtimoiy tarmoqlarda chiqish qilgan ayol bilan suhbatlashganlarida 58-sonli pochta aloqa bo‘limi xodimi o‘z qilmishidan afsusda ekanligini hamda kechirim so‘raganligini taʼkidlaydi. Shuningdek, muammolari xal bo‘lganligini hamda pochta xodimlariga hech qanday eʼtirozi yo‘qligini maʼlum qilib Fikrnoma taqdim qilgan.

- O‘z vazifasiga maʼsuliyatsiz xodimga nisbatan “O‘zbekiston pochtasi” АJ Samarqand filiali rahbarlari tomonidan qatiy jazo chorasi ko‘rilgan hamda tizimda ishlovchi xodimlarga yuzaga kelgan xolat bo‘yicha tushintirish ishlari ham olib borilgan.

Fikrnoma va oʼrganish vaqtida tuzilgan dalolatnomalar nushasi Jamiyat axborot xizmatida mavjud.

Shuningdek, mijozlar eʼtirozlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun xodimlarning masʼuliyatini oshirish, xizmat sifatini yanada yaxshilash va har bir murojaatning kelib chiqish sabablarini puxta o‘rganish orqali isteʼmolchilarni rozi qilish va ularning ishonchini oqlash ish faoliyatimiz asosi sanaladi.

Shu o‘rinda mijozlardan pochta jo‘natmalariga biror shikast yetganda yoki jo‘natma sonida, vaznida tafovutlar kuzatilganda, pochta xodimlari faoliyatidan norozi bo‘lganda “O‘zbekiston pochtasi” АJ va uning istalgan hududiy bo‘limlariga murojaat qilishlarini so‘rab qolamiz.

Murojaat uchun telefon raqamlarimiz: Koll markaz-1165,

Telefon raqam-71/237-24-12