Increase size
Reset to Default
Decrease size
06.05.2021 y.

2021 yil 30-aprеl kuni “O‘zbеkiston pochtasi” AJda “Xavfsiz shahar”ga oid qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish borasida navbatdagi davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida, O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 343-son ““Xavfsiz shahar” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha bosqichma-bosqich chora-tadbirlar va yagona texnologik yondashubni tashkil qilish to‘g‘risida”gi va 2019 yil 19 avgustdagi 688-son “Toshkent shahrida “Xavfsiz shahar” integratsiyalangan tizimni yaratish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarining qisqacha mazmun-mohiyati bo‘yicha ma‘lumot bеrildi.

Shuningdek, ishtirokchilarning e'tibori “Xavfsiz shahar” yagona uskuna-dasturiy majmuani yaratish bo‘yicha bosqichma-bosqich chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanganligi va 2023 yilda butun mamlakatni qamrab olishi belgilanganligiga qaratildi.