Increase size
Reset to Default
Decrease size
26.04.2021 y.

Standart pochta markasida O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi Oq laylak qushi tasvirlangan.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2021 yil 20 martdan nominali 3800 so‘mlik bo‘lgan standart pochta markasi muomalaga kiritildi.

Identifikatsiya raqami berilgan va nominali o‘rnatilgan.

 

№1438

 Pochta markasi bir rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Pochta markasining perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Markaning o‘lchami 18,5х26mm. Kaneves Ye. – rasmi. Rangi – ko‘k.

1438. “Ciconia ciconia”. Nominali – 3800 so‘m. Adadi 2000000 nusxa.