Increase size
Reset to Default
Decrease size
16.03.2021 y.

 

Mamlakatimizda kichik va o‘rta biznes rivojiga davlatimiz va hukumatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar bois tez fursatlarda rivojlanib bormoqda. Bu kabi rivojlanishlarga “O‘zbekiston pochtasi” АJ ham o‘z xissasini qo‘shish hamda respublikamizda elektron tijoratni yanada rivojlantirish va ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining xaridorgirligini oshirish maqsadida milliy onlayn savdo maydonchasini yaratish ustida bir necha oy mobaynida tashkiliy ishlarni olib bordi.

Natijada “Unisavdo.uz” milliy onlayn savdo maydonchasi platformasi ishlab chiqilib joriy yilning 1-fevralidan test tarzida o‘z ish faoliyatini boshladi. Bu tizim orqali tadbirkorlar ishlab chiqargan mahsulotlarini respublika bo‘yicha savdoga chiqarishlari mumkin bo‘ladi. “O‘zbekiston pochtasi” АJ esa maydoncha orqali xarid qilingan maxsulotlarni xaridor manzili bo‘yicha yetkazib beradi. Bunda milliy operator xaridor va sotuvchi o‘rtasida kafil bo‘lishdek maʼsuliyatli vazifani o‘z bo‘yniga oladi.

Hozirda bizning fuqarolarimiz xorijiy internet do‘konlaridan mahsulot xarid qilishni yaxshi oʼzlashtirishgan. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini O‘zbekiston bo‘ylab sotilishi hali unchalik rivojlanmagan. “O‘zbekiston pochtasi” АJ tadbirkorlarga o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarini sotish uchun maxsus maydoncha va manzilga jo‘natadigan tizimni taklif etmoqda. Yaqin kelajakda mahsulot saqlaydigan omborxona, mahsulotni qadoqlaydigan tizimlar ustida ham ishlar olib borilmoqda. Bu ikki tomon uchun ham qulay muhit va daromad manbai sanaladi.

Hurmatli tadbirkorlar!

“O‘zbekiston pochtasi” АJ “Unisavdo.uz” milliy onlayn savdo maydonchasi platformasiga maxsulotlaringizni joylashtirish va xaridorlarga taqdim qilish hamda xarid qilingan mahsulotlarni o‘z manziliga sifatli yetkazib berish kabi xizmatlarini taqdim qiladi.

Ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subʼektlari bilan o‘zaro manfatli hamkorlik qilish uchun doim tayyormiz.

Biz bilan hamkorlik qilish istagidagi bo‘lgan tadbirkorlar 71-237-24-12 telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin.

Batafsil maʼlumot: unisavdo.uz