Increase size
Reset to Default
Decrease size
21.01.2021 y.

Bugungi kunda respublikamizda korruptsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishning mustahkam huquqiy bazasi va aniq tizimi shakllandi. Hususan, “O‘zbekiston pochtasi” АJda ham korruptsiyaga qarshi kurashish maqsadida o‘nga yaqin meʼyoriy-huquqiy hujjatlar amalga kiritildi.

Jamiyaning barcha filiallarida korruptsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik borasida bir qator tashkilotlar bilan muntazam ravishda profilaktik davra suhbatlari va tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Shunday tadbirlarning navbatdagisi joriy yilning 20 va 21 yanvar kunlari “O‘zbekiston pochtasi” АJ Toshkent viloyati va Toshkent shahar filiallarida faoliyat yuritayotgan xodimlari uchun “Korruptsiyaga qarshi kurashish taraqqiyot kafolati” mavzusida tashkil etildi.

Tadbirda “O‘zbekiston pochtasi” АJ Pochta xavfsizligi bo‘yicha direktori, O‘zbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi vakillari, Toshkent viloyati Zangiota tumani “Imomi Аʼzam” joʼme masjidi imom xatibi hamda Toshkent shahar Yunusobod tumani huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘z olganlar yashirin iqtisodiyot va korruptsiyaga qarshi kurashish, mehnat jamoalarida odob-ahloq va mehnat munosabatlariga rioya qilish, xodimlar tomonidan pul mablag‘larining kamomadi va o‘zlashtirish holatlarining kelib chiqmasliklarining oldini olish kabi dolzarb masalalar xususida maʼruza qildilar.

Bu kabi profilaktik tadbirlarni Jamiyatning barcha filallarida o‘tkazish rejalashtirilgan.