Bugun Buxoro shahrida “O‘zbekiston pochtasi” AJ Buxoro filialining Buxoro shahar markaziy aloqa bo‘limining zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi.
Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov ishtirok etdi.
Taʼmirlangan va yangi ko‘rinishga ega zamonaviy pochta binosida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Jumladan, jo‘natmalarni qisqa muddatlarda o‘z egalariga yetkazib berilishini taʼminlash maqsadida Buxoro filiali elektroskuterlar bilan taʼminlanganligini ham alohida taʼkidlab o‘tish joiz.
Bugungi kunda pochta aloqasi obʼektlarida aholiga 15 turdagi interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Davlat xizmatlari sifatli taqdim etish uchun esa Buxoro viloyatining tegishli pochta mutaxassislari maxsus tayyorgarlikdan o‘tdilar.
Yil boshidan bank xizmatlarini ko‘rsatish ham pochta sohasiga kirib kelmoqda. Xususan, viloyatda 2 ta pochta aloqasi obʼektida sinov tariqasida AT “Aloqabank” bilan tuzilgan shartnomaga asosan kartalarni mablag‘ bilan to‘ldirish, naqd pullarni yechib olish kabi xizmatlar ham tashkil qilindi.
![]() |
![]() |
|
![]() |
![]() |