Increase size
Reset to Default
Decrease size
13.01.2021 y.

Sharqda ozbek oshxonasi oziga xos xususiyatlaridan yorqinligi, shirinligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. O'zbek oshxonasini dunyoda barchalar sevib ist’emol qilishi bejiz emas.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2020 yil 31 dekabrdan “O‘zbekiston milliy oshxonasi” turkumiga bag‘ishlangan pochta markalarni muomalaga kiritildi.

Turkum 2 ta pochta markasidan iborat. Pochta markalarida O‘zbek milliy taomlarIdan: manti va lag‘mon tasvirlangan.

Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 37x37mm. Pochta markalarning adadi 8 ming nusxadan. Rasmlar muallifi va dizayner – Zakirov X.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.

 

 
1434   1435

 

1434. “Manti”. Nominali – 6200 so‘m

1435. “Lag‘mon”. Nominali – 9200 so‘m