Increase size
Reset to Default
Decrease size
07.01.2021 y.

Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy 973 yil 4 oktabrda Xorazmning Kyat shahrida tug'ilgan (hozirda Beruniy shahri O'zbekistonda Qoraqalpog'iston Respublikasida joylashgan).

Al-Beruniy - Xorazmlik buyuk olim, tarix, geografiya, filologiya, astronomiya, matematika, geodeziya, mineralogiya, farmakologiya, geologiya va boshqalar bo'yicha ko'plab yirik asarlar muallifidir.

Biruni Yerning Quyosh atrofida harakatlanishi ehtimoli to'g'risida fikr bildirgan, Birinchi bo’lib Yerning atrofini aniqlagan. Biruniyni haqli ravishda O'rta asr Sharqida ilm-fan g'alabasi deb atash mumkin. Birunining ushbu sohalarda erishgan natijalari va yutuqlari bir necha asrlar davomida mislsiz bo'lib qoldi. Beruniy o'z davri ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo'shgan va shu bilan biz va bizning avlodimizga katta meros qoldirgan.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2020 yil 30 dekabrdan "O'zbekistonning ma'naviy merosi" turkumiga bag'ishlangan "Abu Rаyhon Beruniy" pochta markasi muomalaga kiritildi.

Pochta markasida Oy fazasi tasvirlangan fonda Al-Beruniyning portreti aks ettirilgan. Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markasining o‘lchami 52x37mm. Pochta markaning adadi 5 ming nusxa. Kaneves Ye. - dizayni.

Identifikatsiya raqami berilgan va nominali o‘rnatilgan.

1432. "Abu Rаyhon Beruniy". Nominali - 9200 so‘m.