Increase size
Reset to Default
Decrease size
10.12.2020 y.

Joriy yilning 10 dekabr kuni Jizzax viloyati, Doʼstlik tumanidagi “Manas” mahalla fuqarolar yigʼini hududida joylashgan “Oʼzbekiston pochtasi” АJning Jizzax filialiga qarashli “Manas” pochta aloqasi bogʼlamasining rekonstruktsiya qilingan yangi binosining tantanali ochilish marosimi boʼlib oʼtdi.

Mazkur binoda bir vaqtning oʼzida “Manas” va “Navroʼz” mahalla fuqarolar yigʼini hududida yashovchi aholiga barcha turdagi pochta xizmatlari bilan birga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalangan holda 15 turdagi davlat xizmatlaridan ham foydalanishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

Bugun davlat bilan xalq oʼrtasidagi muloqot yangi bosqichga koʼtarildi, desak adashmaymiz. Xalqning ogʼirini yengil, uzogʼini yaqin qilish, qulaylik yaratish va shaffoflikni taʼminlashga qaratilgan davlat xizmatlarini koʼrsatishning yangicha tizimi hayotimizning ajralmas qismiga aylanib bormoqda.

Endilikda “Obod qishloq” dasturi doirasida qad roslagan zamonaviy turar joy binolarida yashovchi yurtdoshlarimiz pochta boʼlimiga kelib davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin boʼladi.