Версия для печати
16.11.2020 y.

Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasining qaroriga ko‘ra, 1997 yildan buyon 16 noyabr' butun dunyoda “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” sifatida nishonlanib kelinadi. O‘zbekistonda ham ushbu muhim sanani nishonlash yaxshi an'anaga aylangan.

Shu munosabat bilan joriy yilning 16 noyabr' kuni “O‘zbekiston pochtasi” AJ majlislar zalida “O‘zbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurti” mavzusida ilmiy-ma'rifiy Konferensiya tashkil etildi. Konferensiyada “O‘zbekiston pochtasi” AJ Ijroiya apparati va filial xodimlari ZOOM onlayn platformasi orqali ishtirok etdilar.

Konferensiya davomida Jamiyatning Ishlab chiqarish bo‘yicha direktori A.Raximov so‘zga chiqib, bag‘rikenglik kuni tarixi hamda hozirgi kunda yurtimizda olib borilayotgan bag‘rikenglik g‘oyalari haqida nutq so‘zladi.

Bugungi kunda mamlakatimizda tinchlik, osoyishtalik beg‘ubor osmon, munavvar kunlarimizning qard-qimmati, ahamiyati har qachongidan ham ortib ketdi. Bunday tinch osuda hayotning qadriga yetaylik. Ana shu tinchlik, osoyishtalik omili bo‘lgan diniy bag‘rikenglik tamoyillarini yanada mustahkamlash va rivojlantirishga diyorimizda alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Yurtimizda turli diniy e'tiqodga ega bo‘lgan insonlarning bir zaminda buyuk g‘oya va sof niyatlari yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashligi bag‘rikenglikning yorqin namunasidir.

Birgina “O‘zbekiston pochtasi” AJ tizimida ham bir necha millat va elat vakillari bir tan-u, bir jon bo‘lib soha rivoji yo‘lida mehnat qilib kelayotganini alohida qayd etish lozim.

Konferensiya ishida so‘zga chiqqanlar tomonidan, bugungi tinch osuda hayotning qadriga yetishlik, tinchlik, osoyishtalik omili bo‘lgan diniy bag‘rikenglik tamoyillarini yanada mustahkamlash va rivojlantirishga, diyorimizda alohida e'tibor qaratib kelinayotganli e'tirof etildi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar oldilar.