Increase size
Reset to Default
Decrease size
10.11.2020 y.

2020 yil 9 noyabr kuni «O‘zbekiston pochtasi» АJda joriy yilning 9 oyi davomida pochta xavfsizligi yo‘nalishi bo‘yicha olib borilgan ishlar natijasiga bagishlangan videoselektor yig’ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig’ilishda Jamiyatning ijroiy apparatidan Pochta xavfsizligi bo‘yicha direktor B.Xoshimov, jamiyat va hududiy filiallarninig pochta xavfsizligi bo‘limlari mutaxassislari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida pochta aloqasi ob'ektlarining xavfsiz va barqaror ishlashini ta'minlash, pochta jo'natmalarida xavfli va taqiqlangan buyumlar yuborilishining oldini olish bo‘yicha amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Jamiyat mutaxassislari tomonidan hududiy filiallarda o‘tkazilgan tekshirishlar davomida aniqlangan kamchiliklarning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf qilish, pochta jo'natmalari va pul mablag’larining yo‘qolishi kabi holatlarning oldini olish yuzasidan ko‘rilgan choralari tahlil qilindi.

Uchrashuv yakunida hududiy filial direktorlari o‘rinbosarlariga pochta aloqasi ob'ektlarining xavfsiz va barqaror ishlashini ta'minlash, pochta jo’natmalari oqimida xavfli va taqiqlangan narsalar jo'natilishining oldini olish, pochta jo'natmalari va pul mablag’larininig saqlanishini ta'minlash bo'yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlarni o'z vaqtida va sifatli bajarish bo'yicha nazoratni kuchaytirish zarurligi to‘g'risida ko‘rsatmalar berildi.