Версия для печати
23.10.2020 y.

Joriy yil Sirdaryo viloyatida joylashgan "Sardoba" suv ombori to'g'onining yorilishi natijasida talofat yetgan Mirzaobod tumani hududida ham hozirgi kunda bunyodkorlik ishlari faol davom ettirilmoqda. Mazkur olib borilayotgan bunyodkorlik ishlariga "O'zbekiston pochtasi" AJ ham o'z xissasini qo'shishga xarakat qilib kelmoqda.

Shu sababli, aholiga qulayliklar yaratish maqsadida, 2020 yil 22 oktyabr kuni Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani "Navbahor" MFYda "O'zbekiston pochtasi" AJning Sirdaryo filialiga qarashli zamonaviy ko'rinishdagi "Navbahor" pochta aloqasi bog'lamasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Ochilish marosimida Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani hokimi o'rinbosari, O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, Sirdaryo viloyati hududiy boshqarma boshlig'i, "O'zbekiston pochtasi" AJning Sirdaryo filiali direktori hamda mahalla faollari qatnashdilar.