Til – millat tafakkurini bebaho xazinasi, ulkan boylik sifatida ijtimoiy hayotda muhim ahamiyat kasb etadi. Tilda har bir xalqning asrlar davomida bosib o`tgan yo`li, tarixi, milliy qadriyatlari urf-odatlari, madaniyati va san`ati, ma`naviyati o`zining yaqqol ifodasini topgan bo`ladi. Shu bois jahonda o`z ona tilini ulug`lamagan, uning sha`ni, obro`si uchun kurashmagan xalqni tanish qiyin. Til shunchaki, davlatning timsoli yohud mulki emas, til – millatning ruhidir.
Joriy yilning 20-oktyabr sanasida “O`zbekiston pochtasi” AJda o`zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 31 yilligiga bag`ishlangan “Ona tili-ma`naviyat ko`zgusi” mavzusida tadbir bo`lib o`tdi. Mazkur tadbirda Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti ma'sul xodimi tomonidan ona-tilimizning jamiyatimizdagi o’rni va ahamiyati to’g’risida nutq so’zlandi.
Tadbirda “O`zbekiston pochtasi” AJ ijro apparatining mas’ul rahbar xodimlari va konferens aloqa orqali Jamiyat filiallarining xodimlari ishtirok etishdi.
Shuningdek, tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga ma’ruzachi tomonidan javob berildi.