Increase size
Reset to Default
Decrease size
16.07.2020 y.

O‘sib kelayotgan yosh avlodni filateliyaga qiziqtirish va jalb etish, yangi syujetlar izlash, pochta markalari chop etilishiga jamoatchilik diqqatini jalb qilish maqsadida «O‘zbekiston pochtasi» АJ, O‘zbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda 2020 yil 15 yanvardan 15 martgacha “Yil fasllari” mavzusida maxsus pochta markalarini chop etish uchun bolalar ijodiy rasmlari respublika Tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov xay’at a’zolariga 1270 ta bolalar rasmlari taqdim etildi va g‘oliblar aniqlandi.

G‘olib bo‘lgan bolalar rasmlari asosida (1,2,3 va 4-o‘rinlar) “Yil fasllari” nomli maxsus pochta markalari tayyorlandi.

"Yil fasllari" pochta markalari "O'zbekiston pochtasi" AJ tomonidan tayyorlanib, O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2020 yil 17 iyuldan muomalaga chiqarildi.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan.

№1423. “Qish” – Ulug‘bekov Fozilbek rasmi (10 yosh, Toshkent sh.) nominali 3200 so‘m

№1424. “Bahor” – Yamoldinova Renata rasmi (10 yosh, Toshkent sh.) nominali 3400 so‘m

№1425. “Kuz” – Baxtiyorova Gulsanam rasmi (11 yosh, Farg‘ona sh.) nominali 5300 so‘m

№1426. “Yoz” – Maxmudjanova Nilufar rasmi (12 yosh, Toshkent sh.) nominali 7300 so‘m

Turkum 4 markadan iborat bo‘lib, kvartblok ko‘rinishida chop etilgan. Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Pochta markalarning o‘lchamlari 52x37mm. Qog‘ozi oq silliq. Adadi 8 ming nusxadan. Kvartblok xoshiyasining yuqori qismida “Yil fasllari” davlat tilida lotin grafikasida qo‘shimcha yozuvi joylashtirilgan. “Yil fasllari” maxsus pochta markalari turkumi dizayneri Yusupaliev U.