Версия для печати
08.06.2020 y.

HURMАTLI АKSIYADORLАR!

“O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi 2020 yil 30 iyun kuni Toshkent shahar Oloy ko‘chasi, 1-uy manzilida “O‘zbekiston pochtasi” АJning majlislar zalida o‘tkaziladi.

Yig‘ilish soat 15:00 da boshlanadi. Аksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 14:00 dan boshlanadi. Umumiy yig‘ilish o‘tkazish uchun jamiyat aksiyadorlari reestri 2020 yil 24 iyun holatiga tuziladi.

Jamiyatning elektron pochta manzili: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. .

Yig’ilish kun tartibi:

1. “O‘zbekiston pochtasi” АJ aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.

2. “O‘zbekiston pochtasi” АJ sanoq komissiyasi a’zolari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.

3. “O‘zbekiston pochtasi” АJ Kuzatuv kengashi raisining hisoboti to‘g‘risida.

4. “O‘zbekiston pochtasi” АJning 2019 yil moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari haqida Jamiyat ijroiya organining yillik hisoboti to‘g‘risida.

5. “O‘zbekiston pochtasi” АJ faoliyatining 2019 yil yakunlari bo‘yicha Taftish komissiyasining hisobotini tasdiqlash to‘g‘risida.

6. “O‘zbekiston pochtasi” АJ tomonidan 2019 yil yakunlari bo‘yicha ko‘rilgan sof foydani taqsimlash to‘g‘risida.

7. “O‘zbekiston pochtasi” АJ Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash to‘g‘risida.

8. “O‘zbekiston pochtasi” АJ taftish komissiyasining a’zolarini saylash to‘g‘risida.

9. “O‘zbekiston pochtasi” АJ Bosh direktori bilan shartnoma tuzish to‘g‘risida.

10. “O‘zbekiston pochtasi” АJning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida.

11. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq majburiy tashqi auditni o‘tkazish maqsadida 2020 yil uchun auditorlik kompaniyasini tanlash va uning xizmatiga to‘lanadigan haq miqdorini belgilash to‘g‘risida.

12. “O‘zbekiston pochtasi” АJ aksiyadorlarning navbatdagi yillik Umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda joriy xo‘jalik faoliyati jarayonida tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlarni dastlabki tarzda ma’qullash to‘g‘risida.

Аksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida qatnashish va ovoz berish uchun, aksiyadorlarda shaxsni tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlar vakillarida esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo‘lishi lozim.

Аksiyadorlar umumiy yig‘ilishda ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha ma’lumot va materiallar bilan “O‘zbekiston pochtasi” АJ bosh ofisida ushbu e'lon berilgan kundan boshlab yig‘ilish o‘tkaziladigan kunga qadar soat 10:00 dan 17:00 gacha tanishishlari mumkin.

Ma’lumot uchun telefon: +998 71 232-00-33

“O‘zbekiston pochtasi” АJ Kuzatuv kengashi