Increase size
Reset to Default
Decrease size
15.04.2020 y.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2020 yil 30 martdan “O‘zbekiston minerallari. Geologiya” turkumi muomalaga kiritildi.

O'zbekistonning yer osti turli minerallarga - neft, gaz, ko'mir, oltingugurt, tuz, fosforit, qurilish materiallari va boshqalarga boydir.

Turkum 3 ta pochta markasidan iborat bo‘lib, zanjir ko‘rinishida chop etilgan. Pochta markalarida O‘zbekistonning yer ostidan topilgan minerallarning namunalari tasvirlangan. Minerallarning nomlari o‘zbek tilida lotin grafikasida berilgan.

Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 40x40 mm. Zanjirning o‘lchami 160x40 mm. Pochta markalarning adadi 8 ming nusxadan. Dizayner – Kaneves Ye.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.


                        №1418 №1419 №1420

 

1418. «Feruza» Nominali – 1900 so‘m

1419. «Ametist» Nominali – 3100 so‘m

1420. «Lazurit» Nominali – 6400 so‘m