Increase size
Reset to Default
Decrease size
24.03.2020 y.

"O'zbekiston pochtasi" AJ tomonidan mamlakat ichidagi shaharlararo pochta almashinuvi o'ziga tegishli avtotransport va "O'zbekiston Havo yo'llari" kompaniyasining havo transporti (Termiz, Nukus, Urganch) orqali amalga oshirilar edi.

O'zbekistonda koronavirusning tarqalishi natijasida "O'zbekiston Havo yo'llari" kompaniyasining havo transporti orqali Respublikamizning (Termiz, Nukus, Urganch) shaharlariga o'z parvozlarini to'xtatgan. Shu munosabati bilan "O'zbekiston pochtasi" AJ pochta jo'natmalarini yuqoridagi shaharlar yo'nalishlari bo'yicha o'zinig qo'shimcha avtotransporti orqali amalga oshirishni yo'lga qo'ydi. Bu o'z navbatida pochta jo'natmalarini shu yo'nalishlarda kechikishlarga sabab bo'lishi mumkin. Bunda pochta jo'natmalarini etkazilishini uzluksiz amalga oshirilishi ta'minlanadi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, "O'zbekiston pochtasi" AJ yuzaga kelishi mumkin bo'lgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so'raydi.