“O‘zbekiston pochtasi” AJ mijozlari!
Sizga ma’lum qilamizki, ayni paytda, ba'zi ijtimoiy tarmoqlar va Telegram messenjerida Samsung Galaxy S10 mobil telefonini yutib olish imkoniyati mavjudligi borasida amalga oshirilayotgan aktsiya haqida spam-xabar tarqatilmoqda. Sovrinni olish uchun firibgarlar 18 000 so'm miqdoridagi yetkazib berish to'lovini so‘ramoqda.
E’tiboringiz uchun, "O'zbekiston pochtasi" AJ hech qanday promoaktsiyalarni o‘tkazmayapti va tarqatilgan ma'lumotlar haqiqatdan yiroq!
Ushbu firibgarlikdan ehtiyot bo‘lishingizni, o‘zingizning shaxsiy ma'lumotlaringizni, shu jumladan, plastik kartangiz ma'lumotlarini hech kimga bermaslikni, shuningdek, kartalarga, Internet-hamyonlarga yoki boshqa yo'l bilan oldindan to'lovni o'tkazmaslikni so'raymiz!
Ogoh bo'ling!
“O‘zbekiston pochtasi” AJ ma’muriyati.