O‘zbekiston davlat qo'g'irchoq teatri 1939 yil 25 dekabrda tashkil etilgan. Teatrda qo'g'irchoq muzeyi mavjud, u erda dunyoning turli burchaklaridan eksponatlar to'plangan. 20 asr boshlarida o'zbek xalq qahramoni bo'lmish – “Polvon” muzeyning eng katta qo'g'irchoqlaridan biri hisoblanadi. Teatr repertuariga taniqli mumtoz ertaklarga asoslangan 20 dan ortiq spektakllar kiritilgan: "Zolushka", "Oltin kalit", "Olovli pichoq", "Aladdinning sehrli chirog‘i", "Yana Andersen" va boshqalar.
2019 yil 25 dekabrda O‘zbekiston davlat qo'g'irchoq teatri 80 yoshga to'ldi.
Shu munosadat bilan “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2020 yil 15 yanvardan “O‘zbekiston davlat Qo‘g‘irchoq teatri 80 yoshda” nomli pochta markasi muomalaga kiritildi. Pochta markasi pochta bloki ko‘rinishida chop etilgan.
Pochta markasida milliy kiyimdagi qo‘g‘irchoq hamda teatr binosining old ko‘rinishi tasvirlari tushirilgan. Pochta blokining yuqori qismida o‘zbek tilida lotin grafikasida “O‘zbekiston davlat Qo‘g‘irchoq teatri 80 yoshda” yozuvi joylashgan.
Pochta markasi va blok bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markasining o‘lchami 52x37 mm. Pochta blokining o‘lchami 100x90 mm. Pochta markaning adadi 5 ming nusxa. Zokirov X. - dizayni.
Identifikatsiya raqami berilgan va nominali o‘rnatilgan.
№ 1411
1411. “O‘zbekiston davlat Qo‘g‘irchoq teatri 80 yoshda” Nominali - 15800 so‘m.