Increase size
Reset to Default
Decrease size
23.10.2019 y.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekistonda davlat arxivlari tizimi tashkil topganligining 100 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” ga muvofiq “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019 yil 21 oktabrdan “O‘zbekistonda davlat arxivlari tizimi tashkil topganligining 100 yilligi” nomli maxsus pochta markasi muomalaga kiritildi.

Pochta markasi pochta bloki ko‘rinishida chop etildi, hamda unga sovg‘abob klyasser ham tayyorlangan.

Pochta markasida tarixiy qo'lyozmalar parchalari, qadimiy arxiv materiallari, shuningdek, davlat ahamiyatiga molik barcha muhim hujjatlar saqlanadigan javonlar tasvirlangan hamda pochta blokining yuqori qismida “O‘zarxiv” agentligi logotipi joylashgan.

Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markasining o‘lchami 30x42 mm. Pochta blokining o‘lchami 90x80 mm. Adadi 5 ming nusxa. Dizayner – Yusupaliyev U.

Identifikatsiya raqami berilgan va nominali o‘rnatilgan.

 

№1399

№1399 «O‘zbekistonda davlat arxivlari tizimi tashkil topganligining 100 yilligi» nominali - 6500 so‘m