Increase size
Reset to Default
Decrease size
11.07.2019 y.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019 yil 11 iyuldan “O‘zbekiston ne’matlari” turkumi muomalaga kiritildi.

Turkum 3 ta pochta markasidan iborat bo‘lib, kichik varaq ko‘rinishida chop etilgan. Pochta markalarida O‘zbekistonning yaxshi va qulay tabiiy-iqlim sharoitida o‘sadigan mevalar tasvirlangan. Mevalarning nomlari lotin tilida berilgan.

Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 40x40 mm (aylana bilan). Kichik varaqning o‘lchami 160x80 mm. Pochta markalarning adadi 8 ming nusxadan.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.

 

 

1363. «Morus nigra» (Shotut) Nominali – 1800 so‘m

1364. «Malum» (Olma) Nominali – 3200 so‘m

1365. «Pyrus» (Nok) Nominali – 3600 so‘m

 

Rassom – Farmonov S. Dizayner – Sulaymonov U.